Tayyotlanishi 👉 @Pazandachilik 🍧 Kanalga a'zo bolish Tuxum oqi sarig'idan ehtiyotkorlik bilan ajratiladi. Eslatib o'tamiz, tuxum sarig'i bir tomchi ham aralashib ketishi mumkin emas. Shuningdek to'g'ri idish tanlash ham juda muhimdir. Bunda siz shisha yoki metall idishlardan foydalanishingiz lozim. Agarda siz plastik tog'orachalardan foydalanishni istasangiz, unda avval uni limon bo'lagi bilan ishqalab, yog'liligidan xalos qilishingiz lozim. Tuxum oqi qo'lda yoki mikser yordamida o'rta darajada oq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtiriladi. So'ng ko'pirtirishda davom etib, oz-ozdan shakar upasi solinadi. Shakarni ham oz-ozdan sepib, ko'pirtirishda davom etamiz. Qattiq ko'pik hosil bo'lguncha yuqori bosimda ko'pirtiriladi. Ko'pirtirilayotgan idishimiz to'ntarilib ko'riladi, ko'pirtma joyidan siljimasligi kerak. Shakar oxirigacha erigandan so'ng esa, xohishga ko'ra ichiga yong'oq, kakao kukuni yoki har xil oziq-ovqat bo'yoqlari solsa ham bo'ladi. Gaz pechi patnisiga maxsus pergament qog'oz to'shaladi va ustidan konditer qopchasi yoki qoshiq yordamida bezelar terib chiqiladi. Bezelar qizdirilgan gaz pechida 100 C haroratda katta-kichikligiga qarab taxminan 1-2 soat davomida pishiriladi. Ular tashqi tomindan ham, ichki tomonidan ham yaxshilab qurigan bo'lishi shart. Mana bezelarimiz ham tayyor. 👉 @Pazandachilik 🍧 Kanalga a'zo bolish Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar: @Pazanda\_Online 🍫 Kanali XAMIRIGA: 170 gramm un 85 gramm margarin yoki sariyog' 2 osh qoshiq muzdek suv bir chimdim tuz
ASOSIGA: 350 gramm tovuq filesi 100 gramm piyoz 150 gramm pomidor 2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i ta'bga qarab tuz va murch
QUYMASIGA: 200 gramm smetana 100 gramm 35 %li yog'li qaymoq 130 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq 2 ta tuxum ta'bga qarab tuz va murch
Tayyorlanishi @Pazanda\_Online 🍫 Kanali Tog'orachaga unni elab solamiz, sariyog'ni to'g'rab, uni ham solamiz. Qo'lda tezda ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz. Tuz va suvni solib, xamirni qorib olamiz. Xamir silliq bo'lmasligi mumkin, bu muhim emas. Muhimi sariyog' erib ketmasligi uchun tezda qorib olishdir. Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga yoki nonushtaga tayyorlashni istasangiz, bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlab olamiz: Tovaga yog'ni quyib, mayda to'g'ralgan piyozlarni qizarguniga qadar qovurib olamiz. So'ng 2-2,5 kattalikda to'g'ralgan tovuq go'shtini solib qovurib olamiz. Olovni pasaytirib, yumshaguniga qadar dimlab pishiramiz. So'ng tuz va murch sepib, gazni o'chiramiz. Xamirni ikkita pergament qog'oz orasida yupqa qilib yoyamiz. Qolipning aylanasi 24-25 sm kattalikda bo'lishi kerak. Agar qolipning cheti ochiladigan bo'lsa, juda qulay bo'ladi. Yoygan xamirni qolipga olamiz(qolipni yog'lash kerak emas). Chetlarini bosib, "quloqchalar" hosil qilamiz.
Asosni solib, tekislab olamiz. Quymasini tayyorlab olamiz: tuxumlarni chaqib bitta idishga solamiz, qaymoq, smetana, tuz va murch solib, aralashtirib olamiz. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni ham sepib, yana bir bor aralashtirib olamiz. Aralashmani tovuq go'shti ustidan quyamiz va ustini qoshiqda tekislab olamiz. Pomidorlarni ikkiga kesib, pirog ustidan terib chiqamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz. @Pazanda\_Online 🍫 Kanali Yoqimli ishtaha! Manba Zira uz