MASALLIQLAR @Pazanda\_Online 🥒 Kanali banan - 3 dona un - 250 gr shakar - 100 gr tuxum - 2 dona soda - 2 choy qoshiq yong'oq - 3-4 dona margarin - 100 gr
TAYYORLASH USULI @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Xona haroratida yumshagan margarin va shakarni mikser yordamida yaxshilab aralashtiramiz. Tuxumni ham chaqib aralashtiramiz. Alohida idishda bananni vilkada ezib olamiz va yuqoridagi massaga qo'shib aralashtiramiz. Un va razrixritel qo'shamiz. Xuddi kashadek massa hosil bo'ladi. Yong'oqni ham qo'shib aralashtiramiz. Keks qolipini yog'lab massani quyamiz. Qizigan duxovkada 30-40 daqiqada pishadi. Issiqligida yuziga shakar upasi sepamiz. Keks tayyor. @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Yoqimli Ishtaxa
Masalliqlar: @Pazanda\_Online 🥒 Kanali KREM (PASTRY CREAM) 250 millilitr sut 1-2 choy qoshiq kakao kukuni 3 ta tuxum sarig'i 50 gramm shakar 20 gramm makkajo'xori kraxmali SHOKOLADLI MERENGA 3 ta tuxum oqi 50 gramm shakar upasi 150 gramm qora shokolad 2 tomchi limon sharbatibir chimdim tuz 200 millilitr yog'li qaymoq
Tayyorlanish @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Tovaga sut solib, kakao bilan qaynash darajasiga keltiriladi va so'ng chetga olinadi. Tuxum sarig'i shakar va kraxmal bilan yaxshilab ko'pirtiriladi. Ustidan sutli aralashma oz-ozdan quyiladi va aralashtiriladi. Hammasi tova bilan gaz ustiga qo'yiladi va qaynatiladi. Krem quyuqlasha boshlaydi. Birinchi ko'pikchalar ko'ringanda gazdan olinadi. Krem biron bir idishga olib sovutiladi va usti yelim qog'oz bilan yopiladi va kamida bir soatga sovutgichga qo'yiladi. Tuxum oqi shakar upasi, tuz va limon sharbati bilan yaxshilab ko'pirtiriladi. Shokolad mikroto'lqinli pechda yoki suv bug'ida eritiladi. Yog'li qaymoq yaxshilab ko'pirtiriladi. Sovutgichdan sutli krem olinadi va eritilgan shokolad bilan aralashtiriladi. So'ng ustidan ko'pirtirilgan tuxum oqi solinadi va ohista aralashtiriladi. Eng oxirida ko'pirtirilgan qaymoq solinadi va aralashtiriladi. Maxsus qadahlarga quyiladi va 2-4 soatga sovutgichga qo'yiladi. @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Yoqimli Ishtaxa