Zarur masalliqlar: Xamirga: @Pazanda\_Online 🥒 Kanali 200 gr un, 100 ml iliq sut, 3-4 choy qoshiq xamirturush, 1 dona tuxum, 30 gr sariyog', ta'bga ko'ra tuz va shakar. Bezak uchun: kunjut.
Qiymasiga: 200 gr qiymalangan go'sht, 1 tadan bosh piyoz, pomidor, qizil bulg'orqalampiri, bir bo'lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq kungaboqar yog'i, ko'katlar, 4 osh qoshiq konservalangan makkajo'hori, ta'bga ko'ra tuz va murch.
Tayyorlanishi @Pazanda\_Online 🥒 Kanali 1.Un va xamirturushni aralashtiring. Sut, shakar, tuz va eritilgan sariyog'ni ham qo'shing. Tuxum oqini xamirga solib, sarig'ini alohida idishga olib qo'ying. Masalliqlarni aralashtirib, xamir tayyorlang-da, ko'tarilishi uchun qoldiring. 2. To'rtburchak shaklda to'g'ralgan bulg'or qalampiri, piyoz va pomidorni 3-4 daqiqa davomida yog'langan tovada qovuring. 3. Masalliqlarga go'shtni qo'shib, qovurishni davom ettirasiz. So'ng makkajo'hori, sarimsoqpiyoz, tuz va zirivorlar solinadi. 2-3 daqiqadan keyin olovni o'chirib, to'g'ralgan ko'katlarni qo'shasiz-da, dimlaysiz. 3. Xamirni kichik zuvalachalarga ajratib chiqing. har birini dumaloq shaklda yoyib, ichiga qiymani soling-da, tuging. Kulcha yuzasiga atalangan tuxum sarg'ini surtib, kunjut sepasiz. Pishiriq 190 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo'yiladi. Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa. @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Yoqimli ishtaxa
MASALLIQLAR: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 2 ta 250 grli margarin 6 ta tuxum 1 st shakar 0,5 lt smetana 6 st un chimdim : soda, vanilin 1 kosa yong’oq, 1 kosa magiz
TAYYORLASH: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 1. Stol ustiga yoki kattaroq idishga un yoyiladi va margarin qirg’ichdan chiqariladi. Pichoqda margarin va un aralashtirilib yaxshilab qorishtiriladi. Margarin uvoq bo’lib qorishgandan so’ng tuxum sarig’i ,smetana va chimdim soda, vanilin solinib yana pichoqda qorishtirishda davom etiladi. Hamir holiga kelganida hamir usti yopilib muzlatgichga 2 soat tindiriladi. 2. Muzlatgichdan hamir olinib, 6 bo’lakga bo’linadi va yana yarim soat muzlatgichga qo’yiladi. Hamir muzlatgichdaligi paytida tuxum oqi ko’pirtirilib 1 st shakar solinadi va beze massa hosil qilinadi. 3. 1 ta hamir bo’lagini muzlatgichdan olib o’rtacha yupqalikda yoyiladi (tahminan 0,5-1 cm qalinlikda) va beze massa 2-3 osh qoshiq solinadi ( hamirni qoplashi kerak). Beze massa ustidan yong’oq (maydaroq bo’laklarga bo’lgan ma’qul) va magiz sepiladi. 4. Hamir o’ralib , bo’laklar kesiladi ( 4-5 cm qalinlikdagi bo’laklar hosil qilinadi). 5. Yog’langan listga yoki pishiriq qog’ozi qo’yilgan listga Margaritkalar teriladi va o’rta olovda (180C/ 350F) 25-30 daqiqa yoki pushti rangga kelguncha pishirib olinadi. 6. 1 osh qoshiq asalga ozgina saryog’ solib sirop tayyorlanadi va Margaritkalar pishib chiqanidan so’ng surilib yana 2-3 daqiqa gaz duxovkasiga qo’yiladi. ( Margaritkalar usti yaltillashi uchun). @Pazanda\_Online 🍓 Kanali YOQIMLI ISHTAHA.
Masalliqlar: @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Qiyma – 500 gr Qatlama xamir – 500 gr Soya sousi – 3 osh qoshiq Qora yanchilgan murch Piyoz – 1 dona Sarimsoqpiyoz - 2 bo‘lak Ta’bga ko‘ra o‘simlik yog‘i
Tayyorlanishi: @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyozni qiymaga qo‘shing. Unga soya sousi va maydalangan sarimsoqpiyoz aralashtiring. Qiymani yarim soatga muzlatgichga qo‘ying. Qiymadan frikadelkalardek keladigan dumaloqchalar yasaymiz. Xamirni yoyib, diametri dumaloqchalardan sal kattaroq bo‘lgan uzun tasma kesib chiqamiz. Kabob uchun yog‘och tayoqchalarni bir necha daqiqalarga suvga solib qo‘yamiz. So‘ng ularga 4 donadan dumaloqchilarni tiqib, ularning atrofini xamirli tasma bilan o‘raymiz. Tovaga o‘simlik moyi surtib unga kabobni terib qo‘yamiz. So‘ng oldindan 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa pishiramiz. @Pazanda\_Online 🥒 Kanali Yoqimli ishtaha!