Зарур масаллиқлар: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 200 гр. ун 150 грамдан сариёғ ва шакар 30 гр. мак, 3 дона тухум, 3 ошқошиқ сут, 1 чой қошиқдан хамирюмшатгич ва ванилинли шакар, 2 та лимон қириндиси; устига сепишга: 100 мл. лимон шарбати, 100 гр. шакар.
Тайёрланиши: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 1. Сариёғни шакар ва ванилинли шакар билан бирга миксер ёрдамида кўпиртиринг. 2. Тухумни доналаб қўшиб кўпиртиришда давом этинг. 3. Лимон қириндисини сут билан алоҳида идишда аралаштириб, сариёғли масаллиққа қўшамиз. 4. Энди ун, хамирюмшатгич ва макни алоҳида аралаштириб соламиз. 5. Хамирни миксер ёрдамида яхшилаб аралаштиргач, 170 даражада қиздирилган газ печига 1 соатга қўйинг. 6. Лимон шарбатига шакарни солиб, оловга қўйинг. Аралаштириб турган ҳолда шакар эригунча қайнатинг. 7. Кекс устига лимонли аралашмадан қуйиб, майдаланган ёнғоқ мағзидан сепинг. 1 соату 25 дақиқа 7 кишилик @Pazanda\_Online 🍓 Kanali Ёқимли иштаха
Zarur masalliqlar: Xamiri uchun: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 500 g un 80 g tuz 30 g shakar 150 g o‘simlik yog‘i 150 g zaytun yog‘i 30 g quruq xamirturush 1 litr suv 300 millilitr sut
Pitssaning ustiga: 100 g motsarella pishlog‘i 100 g qaynatilgan tovuq go‘shti 100 g shampinyon qo‘ziqorini 70 g dudlangan kurka go‘shti 30 g zaytun mevasi (olivka) 40 g cherri pomidori 60 g dudlangan mol go‘shti
Tayyorlanishi: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 1. 500 g unni idishga elab solamiz. 2. 300 ml sutni biroz qizdirib, uni unning ustiga quyamiz. 3. Ustidan 30 g shakar sepamiz. 4. So‘ng 30 g xamirturush qo‘shamiz. 5. Ustidan 80 g tuz solamiz. 6. 150 g zaytun yog‘ini solamiz. 7. So‘ng 150 g o‘simlik yog‘ini qo‘shamiz. 8. 1 l suvni ham solamiz. 9. Shundan so‘ng xamir qoramiz. 10. Tayyor xamirni biroz dam oldiramiz. 11. So‘ng uni har biri 190 gramlik bo‘laklarga bo‘lamiz. Yuqorida qorilgan zuvaladan 7 ta pitssa tayyorlash mumkin. 12. Ularning har biridan bittadan pitssa tayyorlaymiz. Buning uchun xamir bo‘laklarini o‘qlov yordamida yoyib chiqamiz. 13. Yoyilgan xamir ustiga avval qirg‘ichdan chiqarilgan 100 g motsarella pishlog‘ini bir tekis qilib yoyib chiqamiz. Pishloqning bir qismini pitssaning ustiga sepish uchun olib qo‘yamiz. 14. So‘ng uzunasiga parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan 100 g qo‘ziqorinni terib chiqamiz. 15. Ustidan tilim qilib kesilgan 100 g tovuq go‘shtini qo‘yamiz. 16. Undan keyin yupqa qilib kesilgan 70 g dudlangan kurka go‘shtini terib chiqamiz. 17. 40 g cherri pomidorini tilim-tilim kesib qo‘yib chiqamiz. 18. Uning ustidan 60 g dudlangan mol go‘shtini uzunchoq ko‘rinishda to‘g‘rab qo‘yamiz. 19. Shundan so‘ng ikki bo‘lakka bo‘lib chiqilgan 30 g zaytun mevalarini terib chiqamiz. Uning ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella pishlog‘ining qolganini sepamiz. 20. Pitssani 250 darajada qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz. @Pazanda\_Online 🍓 Kanali Yoqimli ishtaha!
Zarur masalliqlar: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 2,5 stakan sut 4 dona tuxum sarig‘i 1 stakan shakar 2 stakan qaymoq 1 pachka vanilin konditerlik bezaklari
Tayyorlanishi: @Pazanda\_Online 🍓 Kanali 1. Sutni idishga solib, o‘rta olovda qaynatamiz. Vanilin qo‘shamiz. 2. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratib, shakar bilan birga ko‘pirtiramiz. Aralashma oq rangga kirgunicha ko‘pirtirishda davom etamiz. 3. Qaymoqni ham yaxshilab ko‘pirtirib olamiz. 4. Tuxum va shakarli aralashmani vanilinli sutga qo‘shib, qaynatamiz. Quyuqlashgunicha, doimiy ravishda aralashtirib turamiz. 5. Uni suzgichdan o‘tkizib, ko‘pirtirilgan qaymoq bilan aralashtiramiz. 6. Aralashmani sovitgichda bir kechaga qoldiramiz. So‘ng, uni blenderda yaxshilab ko‘pirtirib, plastik idishga solamiz va yana 2—4 soatga muzlatgichga qo‘yamiz. 7. Qotgan muzqaymoqni muzlatgichdan olib, xona haroratida biroz erigunicha kutamiz va konditerlik bezaklari bilan yasatamiz. @Pazanda\_Online 🍓 Kanali Yoqimli ishtaha